Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Alisher Usmonov FIE’dagi prezidentlik faoliyatini ixtiyoriy ravishda to‘xtatdi

Alisher Usmonov FIE’dagi prezidentlik faoliyatini ixtiyoriy ravishda to‘xtatdi

Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov o‘z ixtiyori bilan Xalqaro qilichbozlik federasiyasi (FIE) prezidenti lavozimidagi faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda tashkilot saytida xabar berildi.

Usmonov 30 noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan tashkilot kongressida FIE rahbari lavozimiga qayta saylangan edi.

“FIE Ijroiya qo‘mitasi federasiyaning samarali faoliyatini ta’minlash maqsadida Alisher Usmonovning FIE prezidenti lavozimini o‘z ixtiyori bilan to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori haqida xabardor qilindi”, deyiladi xabarda.

Toshkentda FIE prezidentligi uchun bo‘lib o‘tgan saylovda Usmonovning raqibi Shvesiya qilichbozlik federasiyasi prezidenti Otto Drakenberg bo‘ldi. Usmonov 120 ta, Drakenberg 26 ta ovozni qo‘lga kiritdi.

71 yoshli Usmonov nomzodining ushbu lavozimga ilgari surilishi haqida oktyabr oyi oxirida ma’lum bo‘lgan edi. Uni 100 dan ortiq mamlakat qilichbozlik federasiyalari qo‘llab-quvvatladi.

Usmonov FIE’ni 2008 yildan buyon boshqarib keladi. 2021 yil noyabr oyida u saylovda yagona nomzod bo‘lib, yangi muddatga federasiya prezidenti etib qayta saylangan edi. 2022 yilning mart oyida Usmonov Yevropa ittifoqi tomonidan unga qarshi joriy qilingan sanksiyalar tufayli o‘z vakolatlarini to‘xtatdi.

2023 yil mart oyida FIE rossiyalik sportchilarga neytral maqomda musobaqalashishga ruxsat berishga qaror qildi.

Kiritildi: 09:36 05.12.2024. O'qildi: 748 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!