Madridning "Real" klubi yangi a’zosi Trent Aleksandr-Arnold "qirollik klubi"dan 20 million yevro miqdorida bonus oldi. Bu haqda Mundo Deportivo jurnalistlari xabar bermoqda.
"Liverpul" tarbiyalanuvchisining Madrid grandiga o‘tishi haqida 30 may kuni e’lon qilingan edi. Trent "qaymoqranglilar" bilan 2031 yil yozigacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Aleksandr-Arnold Madrid jamoasiga klublar o‘rtasidagi bo‘lajak jahon chempionatida yordam bera oladi.
Trent "Liverpul" safida 2016 yildan buyon to‘p tepib kelayotgandi. Mersisayd klubi libosida himoyachi 354 ta o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol va 92 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.