Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

Albaniyada Tramp kuyovining loyihasi tufayli ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda

Albaniyada Tramp kuyovining loyihasi tufayli ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda

Xabarlarga ko‘ra, mamlakat poytaxti Tiranada iyun oyi boshidan buyon ommaviy norozilik namoyishlari deyarli har kuni bo‘lib o‘tyapti va vaqti-vaqti bilan polisiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketmoqda.

AQSh prezidentining to‘ng‘ich qizi Ivanka Trampning turmush o‘rtog‘i Jared Kushner ishtirokida Albaniya qirg‘oqlaridagi orolni hamda mamlakat janubidagi qo‘riqlanadigan tabiiy hudud yaqinidagi yer maydonini qurish loyihasi xalq g‘azabiga sabab bo‘ldi.

Ekologlar ushbu qurilish flamingolar, tyulenlar va dengiz toshbaqalari yashaydigan noyob tabiiy maskanlarga zarar yetkazishi mumkinligidan ogohlantirishyapti. Namoyishlar bo‘lajak kurort hududiga qurilish texnikalari kirib kelganidan keyin boshlandi. Namoyishchilar, shuningdek, ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlayotgan Albaniya bosh vaziri Edi Ramani iste’foga chiqishga chaqirmoqda.

"Biz tabiatga bo‘layotgan bunday aralashuvga qarshi norozilik bildirmoqdamiz. Mashinalarni to‘xtatish kerak. Tabiatni o‘z holiga qo‘yishsin. Ular o‘n-o‘n besh yil ichida 10 000 xonalik mehmonxona qurishni va tabiat qo‘ynida butunlay yangi shahar barpo etishni xohlashmoqda", – deydi mahalliy ekologik faollardan biri.

Kiritildi: Bugun 17:28. O'qildi: 290 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!