Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Aksiz markasiz va qalbaki aksiz markali alkogol va tamaki mahsulotlarning savdosi fosh etildi

Aksiz markasiz va qalbaki aksiz markali alkogol va tamaki mahsulotlarning savdosi fosh etildi

1️⃣ Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq shahri bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “S.T.” MCHJ rahbari S.S. 3 ta MFY hududlaridagi savdo do‘konlarida umumiy bahosi 210 mln so‘mlik jami 6 809 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini savdoga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

2️⃣ Departamentning Koson tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.I.” MCHJ haydovchisi S.D.ning boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtotransport vositasi ko‘zdan kechirilganda avtotransport vositasi salonida umumiy bahosi 79,3 mln so‘mlik 13 turdagi jami 3 707 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini o‘tkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, tadbir davomida “A.I.” MCHJning “Yangiobod” MFY hududidagi savdo do‘konidan 89,4 mln so‘mlik 40 turdagi 2 355 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari ham ashyoviy dalil sifatida olingan.

3️⃣ Departamentning Karmana tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.B.” MCHJ mas’ul shaxslari MCHJ savdo do‘konida 3 turdagi 375 dona qalbaki aksiz markali alkogol va 1 062 quti tamaki mahsulotlarini savdoga qo‘yganliklari aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

4️⃣ Departamentning Yangiariq tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Y.L.” oilaviy korxonasi rahbari A.I. “Oq-machit” MFY hududidagi savdo shoxobchasida 24 turdagi 261 dona qalbaki aksiz markali alkogol va tegishli hujjatlari bo‘lmagan 15 turdagi 796 quti tamaki mahsulotlarini savdoga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:23. O'qildi: 251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!