Akademik liseylarga kirish test sinovlarida ishtirok etadigan abituriyentlar uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi.
Abituriyentlar ruxsatnomalarini my.edu.uz yoki my.gov.uz portallaridagi shaxsiy kabineti orqali yuklab olishlari mumkin. Shuningdek, hujjat topshirilgan akademik liseyga murojaat qilish orqali ham ruxsatnomani olish imkoniyati mavjud.
Test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlar belgilangan kunda ruxsatnoma va shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishi lozim.