Bugun 30 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Air France Er-Riyodga aviaqatnovlar to‘xtatilishi muddatini uzaytirdi

Air France Er-Riyodga aviaqatnovlar to‘xtatilishi muddatini uzaytirdi

Fransiyaning Air France aviakompaniyasi Yaqin Sharqda davom etayotgan mojaro fonida Saudiya Arabistonining Er-Riyod shahriga amalga oshiriladigan aviaqatnovlarini to‘xtatish muddatini 12 dekabrgacha uzaytirishga qaror qildi.

Kompaniya bayonotiga ko‘ra, qaror xavfsizlik sohasidagi vaziyatning o‘zgarib borayotgani bilan bog‘liq.

«Xavfsizlik sohasidagi o‘zgaruvchan vaziyat sababli Er-Riyodga va u yerdan amalga oshiriladigan reyslar 2026 yil 12 dekabr kuni ham qo‘shilgan holda to‘xtatildi», — deyiladi kompaniya xabarda.

Bundan tashqari, Dubayga va u yerdan amalga oshiriladigan aviaqatnovlar ham 7 noyabrga qadar to‘xtatilganicha qolmoqda.

Kiritildi: Bugun 09:10. O'qildi: 340 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!