Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Afruza Hamdamova Qozog‘istondagi xalqaro turnir g‘olibi bo‘ldi va Jahon kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Afruza Hamdamova Qozog‘istondagi xalqaro turnir g‘olibi bo‘ldi va Jahon kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Qozog‘istonning Almati shahrida shaxmat bo‘yicha "Asian Zonal Chess Championships 2025" musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Erkaklar o‘rtasidagi musobaqada oltin medalni Aldiyar Ansat (Qozog‘iston, 7,5 ball), kumushni Satbek Axmedinov (Qozog‘iston, 7,0 ball) qo‘lga kiritgan bo‘lsa, bronza medali esa O‘zbekiston vakili Muhammadzohid Suyarov (7,0 ball)ga nasib etdi.

Ayollar o‘rtasidagi musobaqada to‘qqiz turdan so‘ng o‘zbekistonlik Afruza Hamdamova 7,5 ochko bilan g‘olib deb topildi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar qozog‘istonlik Yelnaz Qaliaxmet va Meruyert Kamalidenovaga nasib etdi. Turkmaniston vakili Jahon Rejepova to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Hamyurtimiz Umida Omonova 5 ochko bilan 11-o‘rinni egalladi.

Ushbu chempionat FIDE Jahon Kubogi uchun saralash bosqichi sifatida ham o‘tkazildi. Turnirning yetti nafar eng kuchli shaxmatchisi jahon musobaqasiga yo‘llanma oldi.

Kiritildi: 11:01 10.04.2025. O'qildi: 778 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!