Shundan 112 million dollari eksport, 1 milliard 584 million dollari importdir. Afg‘onistonning O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston bilan savdosi so‘nggi o‘n oyda odatdagidek davom etdi, deb xabar beradi portal “Tolibon” harakati sanoat vazirligiga tayanib.
Afg‘oniston eksportiga yangi va quritilgan mevalar, sharbatlar, talk va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari kiradi. O‘rta Osiyodan mamlakatga elektr energiyasi, yoqilg‘i, un, o‘simlik moyi, o‘g‘it va sement import qilingan.
Afg‘onistonning ushbu davrdagi umumiy savdo hajmi 12,4 milliard dollarni tashkil etdi, shundan 1,8 milliard dollari eksport va 10,6 milliard dollari importdir.