Bugun 11 mart, 2025 yil, seshanba

КИР

Kanada AQShga zarba berdi

Kanada AQShga zarba berdi

10 mart, dushanba kuni Kanadaning Ontario viloyati hukumati AQShning uchta shtatiga elektr energiyasi narxini oshirdi. Qo‘shni davlatlarni elektr energiyasiz qoldirish bilan Kanada viloyati bosh vaziri Dag Ford tahdid qilganini Bloomberg xabar bermoqda.

Ontario hukumati Mustaqil elektr energetika tizimi operatoriga Minnesota, Michigan va Nyu-Yorkga eksport qilinadigan elektr energiyasi narxiga har bir megavatt-soat uchun 10 Kanada dollari (7 AQSh dollari) qo‘shishni buyurdi. Bu joriy narxlarga nisbatan 25 foizlik o‘sishni tashkil etdi. Qaror AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Kanadadan keltirilayotgan deyarli barcha mahsulotlarga bojxona to‘lovlarini oshirgani bilan izohlanmoqda.

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, Ontario qarori ko‘proq ramziy ahamiyatga ega, chunki AQShdagi elektr energiyasi spot bozorlari va viloyatlar o‘z elektr energiyasini sotadigan birjalardagi narxlar talab va taklifga asoslanadi. Oxirgi xaridorlar sotuvchilar ro‘yxatidan tanlab olishlari mumkin va Ontario narxining ko‘tarilishiga rozi bo‘lishlari shart emas. Biroq, mahalliy hokimiyat shu yo‘l bilan kuniga 400 ming Kanada dollarigacha mablag‘ topishni rejalashtirmoqda - bu pul Ontario ishchilari, oilalari va korxonalarini qo‘llab-quvvatlash uchun sarflanadi.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda Nyu-York iste’mol qilingan elektr energiyasining atigi 4,4 foizini Kanadadan import qilgan. Boshqa shtatlar qo‘shni mamlakatdan undan ham kamroq miqdorda elektr energiyasi sotib oladi.

Tramp allaqachon Meksika, Kanada va Xitoydan AQShga kiritilayotgan tovarlarga mos ravishda 25, 25 va 20 foizlik bojlar joriy etgan. Shuningdek, Oq uy rahbari Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan keltirilayotgan barcha tovarlarga, jumladan, oziq-ovqat va avtomobillarga ham 25 foizlik bojlar kiritish bilan tahdid solgan. Bunga javoban Kanadaning sobiq bosh vaziri Jastin Tryudo mamlakat 155 milliard dollarlik Amerika tovarlariga 25 foizlik bojlar joriy etishini va AQShning hozirgi choralari bekor qilinmaguncha ularni o‘zgartirmasligini va’da qilgan.

Kiritildi: Bugun 00:27. O'qildi: 4664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!