Afg‘onistonning qator hududlarida kuchli sel toshqinlari kuzatilmoqda. So‘nggi ikki kun ichida tabiiy ofat oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi.
Eng og‘ir vaziyat Bag‘lon viloyatida qayd etilmoqda. Mahalliy manbalarga ko‘ra, mamlakatda qariyb uch kundan buyon tinimsiz kuchli yomg‘ir yog‘moqda, bu esa yangi toshqinlar xavfini yanada oshirmoqda.
Qutqaruv xizmatlari ofat hududlarida ish olib bormoqda, biroq yo‘llar vayron bo‘lgani va suv sathi yuqori ekani qutqaruv ishlarini qiyinlashtirmoqda.