Bugun 12 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Afg‘oniston o‘z fuqarolariga xorijdagi harbiy harakatlarda qatnashishni taqiqladi

Afg‘oniston o‘z fuqarolariga xorijdagi harbiy harakatlarda qatnashishni taqiqladi

Bu haqda Afg‘oniston Islom arboblari uchrashuvi yakunlari bo‘yicha Pokiston AAJ TV telekanali xabar bermoqda.

Mahalliy ommaviy axborot vositalari ham bu xabarni tasdiqlamoqda.

Forum ishtirokchilari qo‘shma deklarasiya qabul qilib, unda xorijdagi harbiy amaliyotlarda ishtirok etgan har qanday afg‘on davlatga qarshi isyonchi deb hisoblanishi aytilgan. Hujjatda ta’kidlanishicha, hukumat ushbu tamoyillarga rioya etilishini qat’iy nazorat qilishi shart.

Ta’kidlanishicha, taqiq diniy mazmunga ega, uni buzish gunoh hisoblanadi. Afg‘oniston hukumati esa qoidabuzarlarga keskin jazo qo‘llash huquqini oldi.

Shuningdek, uchrashuvda aniqlik kiritilishicha, islom tizimi va milliy qadriyatlarni himoya qilish fuqarolarning burchidir, biroq bu xorijiy mojarolarda ishtirok etishni oqlamaydi.

Kiritildi: 23:35 11.12.2025. O'qildi: 275 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!