10 iyunga o‘tar kechasi berilgan zarbalar oqibatda 13 kishi halok bo‘ldi, ulardan 11 nafari bolalar. Bu haqda Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatining matbuot kotibi Zabihullo Mujohid o‘zining X’dagi sahifasida ma’lum qildi.
"O‘tgan tunda Pokiston armiyasi Afg‘oniston havo hududini yana bir bor buzib o‘tib, Kunar, Xost va Paktika viloyatlaridagi tinch aholi uylarini bombaladi. Ushbu hujumlar oqibatida 11 nafar bola, bir ayol va bir keksa erkak halok bo‘ldi, yana 14 nafar ayol va bola tan jarohati oldi. Biz ushbu insoniy jinoyat va tajovuzkorlik harakatini keskin qoralaymiz", — deb yozdi Mujohid.