Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Abu-Dabidagi uch tomonlama muzokaralar yakunlandi: asirlar almashiladi

Abu-Dabidagi uch tomonlama muzokaralar yakunlandi: asirlar almashiladi

10–11 noyabr kunlari o‘tkazilgan uchrashuv fevral oyidan buyon uch davlat vakillarining ilk uch tomonlama muzokarasi bo‘ldi. Ikkinchi kungi muloqot ikki soatga yaqin davom etgan.

Muzokaralar yakunida Rossiya delegasiyasi rahbari Vladimir Medinskiy matbuot anjumani o‘tkazdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar o‘z pozisiyalarini bildirgan, ayrim masalalarda o‘zaro tushunishga erishilgan, boshqalarida esa kelishmovchiliklar saqlanib qolgan.

«Biz yangi keng ko‘lamli asirlar almashinuvi bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdik. Uning aniq shartlari yaqin vaqt ichida e’lon qilinadi», – dedi Medinskiy.

Uning ta’kidlashicha, muzokaralarning markaziy mavzusi Yevropa xavfsizlik tizimi bo‘lgan. Rossiya delegasiyasi rahbari muloqotlar davom ettirilishini ham bildirdi.

Shuningdek, AQSh prezidentining maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner 12 noyabr kuni Moskvaga borishi ma’lum bo‘ldi. Kushnerning ma’lum qilishicha, ular Rossiyaga tashrifdan so‘ng Dublinda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashadi.

Hozircha Ukraina tomoni muzokaralar natijalari va asirlar almashinuviga oid kelishuv yuzasidan rasmiy bayonot bermagan.

Kiritildi: 19:06 11.11.2026. O'qildi: 726 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik