Volodimir Zelenskiyning ta’kidlashicha, muzokaralar konstruktiv ruhda o‘tgan.
"Ko‘plab masalalarni muhokama qilishga ulgurildi va eng muhimi suhbatlar konstruktiv bo‘ldi", — deb yozdi Ukraina prezidenti o‘zining Telegram-kanalida.
"Munozaralarda asosiy e’tibor urushni yakunlashning ehtimoliy parametrlariga qaratildi. Urushni tugatish jarayoni va real xavfsizlikka rioya etilishi ustidan AQSh monitoringi va nazorati zarurligi anglanayotganini juda yuqori baholayman. Amerika tomoni urushni yakunlash parametrlarini tasdiqlashning mumkin bo‘lgan formatlari va buning uchun zarur xavfsizlik sharoitlari masalasini ko‘tardi", — dedi Zelenskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha tomonlar muzokaralar tafsilotlarini o‘z rahbarlariga yetkazish va bilan keyingi qadamlarni o‘rganishga kelishib olgan.
Shuningdek, Zelenskiy muzokara ishtirokchilari kelasi hafta bo‘lib o‘tishi mumkin bo‘lgan navbatdagi uchrashuv kun tartibini belgilab olganini ta’kidladi.