Bugun 24 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Oq uy rasmiy sahifasida yangi surat e’lon qilindi

Oq uy rasmiy sahifasida yangi surat e’lon qilindi

Oq uy X tarmog‘ida "Pingvinni quchoqla" deb nomlangan suratni joylashtirdi. Suratda AQSh prezidenti Donald Tramp va Grenlandiyada qor ustida xayol surib ketayotgan pingvin tasvirlangan. Pingvin qanoti bilan Amerika bayrog‘ini ushlab turadi.

Masala shundaki, ushbu orolda va umuman Arktikada pingvinlar yashamaydi. Bu mavjudotlar Janubiy yarim shar uchun xosdir. Shimoliy yarim sharda pingvinlarni faqat Galapagos orollaridan topish mumkin.

Avvalroq Tramp Grenlandiyani qo‘shimcha moliyalashtirish g‘oyasidan voz kechgan, shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar orolga to‘liq harbiy kirish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

O‘shanda Tramp hech bir davlat yoki ittifoq Grenlandiyani AQSh kabi himoya qila olmasligini aytgandi. Uning fikricha, ularning kuchi "barcha taxminlardan oshib tushadi." Amerika rahbarining ta’kidlashicha, dunyo bunga ikki hafta oldin Venesueladagi voqealar misolida ishonch hosil qilgan.

Bundan tashqari, Tramp 1 fevraldan Daniya va orol manfaatlarini himoya qiluvchi davlatlar uchun qo‘shimcha bojlarni bekor qildi.

Kiritildi: Bugun 13:53. O'qildi: 487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!