Bugun 11 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Abduqodir Husanovning «Siti»dagi yana bir raqobatchisi safga qaytdi

Abduqodir Husanovning «Siti»dagi yana bir raqobatchisi safga qaytdi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola matbuot anjumanida klub muxlislariga xushxabar bilan o‘rtoqlashdi. Himoyachi Jon Stouns jarohatidan qutilib, safga qaytdi va o‘yinga tayyor. Stouns oxirgi marta o‘tgan yilning 2 dekabr sanasida maydonga tushgan edi.

"Stouns safga qaytdi. Uning holati yaxshi, deb ayta olaman", — dedi Gvardiola jurnalistlarga.

"Manchester Siti" hozirda Angliya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Peshqadam "Arsenal" ulardan olti ochko ko‘proq jamg‘argan. Oldinda yana 13 ta tur mavjud.

Xosep Gvardiola hozirda jamoani Premyer-liga doirasidagi "Fulxem"ga qarshi uy uchrashuviga tayyorlamoqda. Ushbu bahs chorshanba kuni, 11 fevral (Toshkent vaqti bilan 12 fevralga o‘tar kechasi) bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 23:19 10.02.2026. O'qildi: 296 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!