Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Abduqodir Husanov to‘liq o‘ynagan bahsda "Real" "Man Siti"ga imkon qoldirmadi

Abduqodir Husanov to‘liq o‘ynagan bahsda "Real" "Man Siti"ga imkon qoldirmadi

"Real" o‘z maydonida Chempionlar Ligasi pley-offining javob bahsida "Manchester Siti"ni mag‘lub etdi - 3:1.

Madridliklar safida Kilian Mbappe het-trik qayd etdi. 26 yoshli fransuz 4, 33 va 61-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Yakunda "shaharliklar"ning yagona golini Niko Gonsales kiritdi, bu gol uning ingliz klubidagi debyuti bo‘ldi.

Ushbu bahsda hamyurtimiz Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq o‘ynadi.

"Real" ikki o‘yin natijasiga ko‘ra g‘alaba qozondi (birinchi o‘yin - 3:2) va Chempionlar Ligasi 1/8 finaliga yo‘l oldi. "Manchester Siti" turnirni tark etdi.

Kiritildi: 03:26 20.02.2025. O'qildi: 1493 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!