Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Abduqodir Husanov “Real”ga qarshi javob uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushadimi?

Abduqodir Husanov “Real”ga qarshi javob uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushadimi?

Evropa Chempionlar Ligasi nimchorak final bosqichiga o‘tish bahsi javob uchrashuvida “Real” “Manchester Siti”ga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv bugun, 19 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Nufuzli sport nashrlari “Manchester Siti”ning ushbu uchrashuv uchun tanlashi mumkin bo‘lgan asosiy tarkibi borasida taxminlarini bildirdi.

Opta nashri himoyada Gvardiol, Ake, Ruben Dias, Riko Lyuis to‘rtligi o‘ynashi mumkin, deya hisoblamoqda.

Abduqodir Husanov “Real”ga qarshi javob uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushadimi?

Sportsmole nashri bergan taxminiy tarkibda ham Husanov kiritilmagan.

“Manchester Siti”ning ehtimoliy asosiy tarkibi: Ederson; Nunes, Dias, Ake, Gvardiol; Gonsales; Savinyo, Silva, De Bryuyne, Marmush; Holand.

Nashrning fikricha, “Manchester Siti” ham javob o‘yini oldidan ikki karra kuchaygan himoya chizig‘idan foydalanishi mumkin. Ruben Dias ham, Neytan Ake ham mushaklaridagi zo‘riqish sababli “Nyukasl”ga qarshi o‘yinda maydonga tushmadi, biroq Anchelotti jamoasiga qarshi bahsda ularning maydonga qaytish imkoniyati bor.

NBC Sports nashri ham jarohat olgan Akanji o‘rniga Lyuisni tarkibga qo‘shgan.

Abduqodir Husanov “Real”ga qarshi javob uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushadimi?

Sportingnews nashri taxmin qilishicha, Abduqodir Husanov bugun asosiy tarkibda maydonga tushadi.

“Manchester Siti” tarkibi (4-2-3-1, o‘ngdan chapga): Ederson (darvozabon) — Husanov, Dias, Ake, Gvardiol — Stouns, Niko — Savinyo, Foden, Marmush — Holand.

“O‘ng qanot himoyachisi borasida qaror qabul qilinishi kerak, chunki birinchi o‘yinda Manuel Akanji jarohat olgani sababli jarrohlik amaliyotidan o‘tishga majbur bo‘ldi. Riko Lyuis to‘p bilan muomala qilishda ishonchli variant bo‘lsa-da, birinchi o‘yinda Vinisius Juniorga qarshi qiynaldi. Shu sababli, Abduqodir Husanovning tajovuzkor o‘yin uslubi muqobil variant sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin”, deya tushuntirish beradi Sportingnews sayti.

Fansided nashri ham Husanovni boshlang‘ich tarkibda maydonga tushishi mumkin, deya hisoblamoqda.

“Manchester Siti”ning taxminiy tarkibi: Ederson, Husanov, Dias, Stouns, Ake, Lyuis, Gvardiol, Savinyo, Foden, Holand, Marmush.

Ma’lumot uchun, jamoalar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv Gvardiola shogirdlarining 2:3 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlangan edi. Javob o‘yini bugun, 19 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 11:26 19.02.2025. O'qildi: 1907 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!