Abduqodir Husanov Madridga Afina orqali uchib bordi.
O‘zbekistonlik futbolchi yangi Shengen vizasini Gresiya orqali olgani bois «Siti» Ispaniya chegarasida muammo bo‘lmasligi uchun Husanovga alohida samolyot ajratdi. Bu samolyot Manchester-Afina-Madrid yo‘nalishida parvozni amalga oshirdi.
Shu bois Abduqodir jamoadan keyinroq Madridga yetib bordi.