Bugun 25 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Abduqodir Husanov — APLdagi eng yaxshi to‘p olib qo‘yuvchi markaziy himoyachi

Abduqodir Husanov — APLdagi eng yaxshi to‘p olib qo‘yuvchi markaziy himoyachi

«Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov o‘z pozisiyasida Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida eng yaxshi ko‘rsatkichlardan birini qayd etmoqda.

22 yoshli o‘zbekistonlik markaziy himoyachi har o‘yinga o‘rtacha 1.12 ta muvaffaqiyatli to‘pni olib qo‘yish (otbor) ko‘rsatkichi bilan ligada peshqadam bo‘lib turibdi.

Bu borada keyingi o‘rinlarni quyidagi futbolchilar egallagan:

- Kristoffer AYEr («Brentford») — 0.96;
- Kristian Romero («Tottenxem») — 0.94;
- Trevo Chaloba («Chelsi») — 0.85;
- Markos Senesi («Bornmut») — 0.84.

Husanovning bu natijalari uni nafaqat «Manchester Siti», balki butun Premyer-ligadagi eng ishonchli himoyachilardan biriga aylantirayotganini ko‘rsatmoqda.

Kiritildi: Bugun 08:40. O'qildi: 480 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!