Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Abdulla Aripov, Jahongir Ortiqxo‘jayev va boshqa bir qator rasmiylar yurtimiz mezbonlik qilayotgan jahon chempionati ochilish marosimida ishtirok etdi

A A A
Abdulla Aripov, Jahongir Ortiqxo‘jayev va boshqa bir qator rasmiylar yurtimiz mezbonlik qilayotgan jahon chempionati ochilish marosimida ishtirok etdi

Bir necha daqiqa avval “Humo arena”da mamlakatimiz ilk bor mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Xalqaro dzyudo federasiyasi prezidenti Marius Vizer, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov marosimning rasmiy mehmonlari sifatida ishtirok etishdi.

Marosimga Xalqaro dzyudo federasiyasining bayrog‘ini 3 karra Olimpiya o‘yinlari sovrindori, 2 karra jahon chempioni Rishod Sobirov keltirdi. Jarayon maxsus videorolik orqali arena markazidagi monitorda namoyish etildi.

Marosim rasmiy qismida Marius Vizer jahon chempionati munosabati bilan dzyudo oilasiga tabrik yo‘lladi. Shundan so‘ng Abdulla Aripov nutq so‘zlab, musobaqa mehmonlarini qutladi va yurtimizda muhtaram Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar haqida gapirdi. Abdulla Nigmatovich musobaqani rasman ochiq deb e’lon qilgach tadbir bayramona kuy-qo‘shiqlar bilan davom etdi.

Kiritildi: 18:40 09.10.2022. O'qildi: 4019 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!