Rossiyaning SSKA klubi sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Abbosbek Fayzullayev faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.
Turkiyalik jurnalist Ertan Suzgun xabariga ko‘ra, "Istanbul Bashekshexir" 21 yoshli vingerimiz uchun SSKAga rasmiy taklif yuborgan. Taklif shartlari hozircha ma’lum emas.
Avvalroq, "Bashekshexir" "Roma"dan Eldor Shomurodovni sotib olishga yaqin turgani haqida xabar berilgandi.