Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Abbosbek Fayzullayev Rossiyadan uchralgan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi

Abbosbek Fayzullayev Rossiyadan uchralgan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev Rossiyaga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvidagi mag‘lubiyatdan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan bahsda O‘zbekiston terma jamoasi 2:0 hisobida oldinda borayotganiga qaramay, yakunda 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

"Kuchli raqibga qarshi juda murakkab o‘yin bo‘ldi. Biz bor kuchimiz bilan kurashdik. O‘ylaymanki, uchrashuv barcha tomoshabinlarga yoqdi. Ammo yakunda darvozamizdan uchta gol o‘tkazib yubordik. Albatta, bu juda alamli", — deya Fayzullayevning so‘zlarini keltiradi "Chempionat" nashri.

Rossiya terma jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini 17 noyabr kuni Krasnodarda Venesuelaga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 11:42 13.11.2026. O'qildi: 610 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik