Bugun 25 mart, 2025 yil, seshanba

КИР

Abbosbek Fayzullayev: «Eron ustidan g‘alaba qozonmoqchimiz»

Abbosbek Fayzullayev: «Eron ustidan g‘alaba qozonmoqchimiz»

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugungi mashg‘ulotlarini boshladi. Abbosbek Fayzullayev jurnalistlarning savollariga javob berib o‘tdi.

"Jamoaning kayfiyati a’lo darajada. Albatta, g‘alabadan keyin hammamiz xursandmiz. Lekin ko‘p xursand bo‘lish uchun vaqtimiz yo‘q. Chunki, 3 kundan keyin Eronga qarshi o‘yin kutib turibdi. Bu bahsga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Eronga qarshi uchrashuv qiyin kechadi. Buni bilib turibmiz. Oldimizga maqsad qo‘yganmiz, keyingi o‘yinda ham g‘alaba qozonmoqchimiz.

Bunday o‘yinlarda qaysi jamoa imkoniyatlardan foydalansa, o‘sha yutadi. Bizda imkoniyat bo‘ladi baribir. Imkoniyatlardan foydalansak, g‘alaba qozonamiz.

Hozir ajratib ko‘rsatiladigan o‘yin yo‘q. Chunki, har bir bahs 3 ochko beradi. Har bir uchrashuvda maksimal konsentrasiya bilan o‘ynash kerak va vazifani bajarish kerak", — dedi Fayzullayev.

Kiritildi: 22:49 22.03.2025. O'qildi: 3807 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!