Bugun 30 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Abbos Isroilning yangi hukumati bilan muloqotni qayta tiklashga umid qilmoqda

Abbos Isroilning yangi hukumati bilan muloqotni qayta tiklashga umid qilmoqda

Falastin avtonomiyasi prezidenti Mahmud Abbos Isroilda yangi hukumat shakllanishi tinchlik muzokaralarini qayta boshlash va tomonlar o‘rtasida siyosiy muloqotni yo‘lga qo‘yish imkonini berishiga umid bildirdi. Bu haqda u Nikosiya shahrida Kipr prezidenti Nikos Xristodulidis bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi.

Abbosning so‘zlariga ko‘ra, Falastin tomoni ko‘p yillardan buyon isroilliklar va falastinliklar uchun xavfsizlik hamda barqarorlikni ta’minlaydigan tinchlik kelishuviga erishish tarafdori bo‘lib kelmoqda.

«Biz ko‘p yillardan buyon tinchlikka erishish, Isroil va Falastinning xavfsizlik, barqarorlik va tinchlik sharoitida yashashini ta’minlash maqsadida Isroil tomoniga hamkorlik qo‘lini cho‘zib kelmoqdamiz», — dedi Falastin rahbari.

U Isroilning yangi hukumati shakllanishi bilan muzokaralar boshlanishiga umid qilayotganini qo‘shimcha qildi.

«Isroilning yangi hukumati shakllanishi bilanoq muloqotni boshlay olishimizga umid qilamiz», — deya ta’kidladi Abbos.

Shu bilan birga, so‘nggi yillarda Isroil siyosiy kun tartibida mojaroni ikki davlat tashkil etish asosida hal qilish g‘oyasi deyarli yo‘qolgan. Muzokaralarni qayta boshlash istiqboli yangi hukumat tarkibi va uning Falastin masalasiga nisbatan pozisiyasiga bog‘liq bo‘ladi.

Kiritildi: Bugun 10:15. O'qildi: 462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!