AQSh prezidenti Jo Bayden sobiq davlat rahbari Jimmi Karterning vafoti munosabati bilan 2025 yil 9 yanvarni motam kuni deb e’lon qildi.
Bu haqda Oq uy saytida e’lon qilingan bayonotda aytiladi.
"Dunyoning turli burchaklaridan bizning qayg‘ularimizga sherik bo‘lgan odamlarni bizga qo‘shilishga taklif qilaman”, deyiladi xabarda. Baydenning buyrug‘iga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab va xorijdagi hukumat binolaridagi davlat bayroqlari 30 kun davomida yarmigacha tushiriladi.
Avvalroq Amerika prezidenti sobiq siyosatchining yaqinlariga hamdardlik bildirgan va uni “ajoyib yetakchi, davlat arbobi va insonparvar” deb atagan edi.
Karterning vidolashuv marosimi Vashingtonda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, AQShning 39-prezidenti Jimmi Karter 29 dekabr kuni 101 yoshida vafot etdi.
Siyosatchi so‘nggi yillarda jigar va miyaga tarqalgan xavfli o‘sma - melanoma bilan kurashib keladi. 2023 yil fevral oyida Karter markazi sobiq prezident bir qator kasalxonaga yotqizilganidan so‘ng keyingi tibbiy davolanishdan bosh tortgani va umrining qolgan qismini oilasi bilan uyda o‘tkazishga qaror qilgani, “qo‘shimcha tibbiy aralashuv o‘rniga hospis yordamini olishi” haqida xabar berdi.
Karter 1977-1981 yillarda davlat rahbari lavozimida ishlagan.