"Vashington tomonidan joriy etilgan sanksiyalar eng og‘ir jinoyatlar uchun jazosizlik xavfini oshiradi va xalqaro huquqni zaiflashtirish tahdidini keltirib chiqaradi", deyiladi BMT bayonotida.
Mazkur hujjatni, xususan, Germaniya, Fransiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Kanada va boshqa davlatlar imzolagan. Shuningdek, bayonotda 79 mamlakat Gaaga sudining mustaqilligini zaiflashtirishga qaratilgan har qanday urinishlarni qoralashi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 6 yanvar kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Xalqaro jinoiy sudga qarshi sanksiyalar joriy qilgan. Tramp o‘z qarorini sudning o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilib, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni hibsga olish uchun order so‘ragani bilan izohlagan.