Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiya armiyasi Lvov va Xarkovga hujum qildi, Polsha qiruvchi samolyotlarini havoga ko‘tardi

Rossiya armiyasi Lvov va Xarkovga hujum qildi, Polsha qiruvchi samolyotlarini havoga ko‘tardi

"Lvovga 10 dan ortiq Shahed turidagi dronlar bilan zarba berildi", — deb xabar berdi viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Maksim Koziskiy.

Lvov meri Andrey Sadoviyning ma’lum qilishicha, shaharning bir nechta tumanida portlashlar sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q. Hujum natijasida bir nechta uy va bolalar bog‘chasi zarar ko‘rgan.

"Xarkovga uyushtirilgan hujum oqibatida ikki kishi jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Shaharga ikkita aviabomba va sakkizta dron bilan zarba berilgan", — deya xabar berdi viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov.

Shahar meri Igor Terexovning yozishicha, asosiy zarbani bir necha yildan beri ishlamayotgan korxona qabul qilgan. Shuningdek, dron shaharning muhim infratuzilmasi ob’ektiga ham zarba bergani aytilmoqda.

Polsha armiyasi qo‘mondonligining ma’lum qilishicha, G‘arbiy Ukrainaga uyushtirilgan hujum Rossiyaning uzoq masofali aviasiyasi tomonidan amalga oshirilgan. Shu sababli Polsha va ittifoqchi davlatlar harbiy-havo kuchlari navbatchi qiruvchilarini havoga ko‘targan.

Kiritildi: Bugun 13:01. O'qildi: 958 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!