Bugun 18 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

$717 mlrdlik kompaniya: nega Amazon’ning minglab xodimi SNAP yordamini oladi?

$717 mlrdlik kompaniya: nega Amazon’ning minglab xodimi SNAP yordamini oladi?

AQShda Amazon kompaniyasining 12 mingdan ortiq xodimi oziq-ovqat yordamini oladi.

AQShning 11 shtatida 12,3 mingdan ortiq Amazon xodimi davlatning SNAP oziq-ovqat yordami dasturidan foydalanadi. Bu haqda AQSh Hisob palatasining yangi hisobotida aytilgan. Undagi ma’lumotlar o‘tgan yil sentyabr oyiga tegishli.

Umuman, idora millionlab ishlayotgan amerikaliklar hanuzgacha ijtimoiy dasturlarga muhtoj ekanini aniqlagan. Ularning taxminan uchdan ikki qismi to‘liq ish kuni ishlaydi.

Focus nashri yozishicha, SNAP yordamini olayotgan Amazon xodimlari soni 2020 yildan beri qariyb uch baravarga oshgan. Shu davrda kompaniyaning foydasi 11,6 milliard dollardan 77 milliard dollardan oshgan, tushumi esa 717 milliard dollarga yetgan.

Amazon kompaniyasi hisobot xulosalarini chalg‘ituvchi deb hisoblaydi, chunki keltirilgan ma’lumotlarda yordam olayotganlar barcha xodimlarning qancha qismini tashkil etishi ko‘rsatilmagan. Shuningdek, to‘liq va qisman ishlaydigan xodimlar o‘rtasida ham farq ajratilmagan.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, xodimlar uchun boshlang‘ich ish haqi soatiga kamida 20 dollarni tashkil etadi. To‘liq shtatda ishlaydigan xodimlarga tibbiy sug‘urta va boshqa imtiyozlar ham taqdim etiladi.

Kiritildi: 22:35 17.09.2026. O'qildi: 581 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!