Kelgusi yilda meva-sabzavot va oziq-ovqatni eksport qilish bo‘yicha 4 milliard dollarlik marra belgilangan.
Bu borada meva-sabzavotga ixtisoslashgan 1 mingta mahallada ishga solinmagan katta zaxira borligi ko‘rsatib o‘tildi.
Masalan, “Qo‘shrabot agrostar” kompaniyasi mas’ul bo‘lgan Samarqand va Navoiydagi 84 ta mahalla mayiz ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 5 million dollar investisiya kiritilib, Qo‘shrabot tumanida mayizni saralash, saqlash, qadoqlashga ixtisoslashgan zamonaviy agrokompleks tashkil etilmoqda.
Qolgan 15 ta "Agrostar" kompaniyasi ham shunday ishlasa, 1 mingta ixtisoslashgan mahallaning o‘zida 500 million dollar eksport, qo‘shimcha 100 ming odamni daromadli qilish mumkin.
Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari hokimlariga banklar bilan hamkorlikda o‘z hududida "Agrostar" kompaniyalarini tashkil qilish topshirildi.