Eron oliy rahnamosi Mujtabo Xominaiy Moskvada emas, Eronda va sog‘-salomat .
Bu haqda Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Muhammad Ali Iskandariy ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
"Oliy rahbarimiz Mujtabo Xominaiy tirik, sog‘-salomat va o‘z xizmat vazifasini bajarmoqda. U kishi Eron xalqi bilan birga, jamiyatni boshqarib turibdi. Mamlakat armiyasiga bosh bo‘lib, muhim siyosiy qarorlarni qabul qilmoqda", - dedi Muhammad Ali Iskandariy.
Diplomatning ta’kidlashicha, mvzkur urushda mag‘lub bo‘lgan taqdirda ham, eronliklar buni mag‘lubiyat deb qabul qilmaydi.
"Biz mag‘lub bo‘ldik ham deylik, bizning e’tiqodimizga ko‘ra, mag‘lubiyat yo‘q. Biz yoki bu urushda g‘olib bo‘lamiz yoki shahid bo‘lamiz. Biz musulmonmiz va oxirigacha qattiq kurashamiz. Bu propaganda emas, bizda bu borada rostdan ham ikkilanish yo‘q", — dedi Eron elchisi.