Eron OAVlarining xabarlariga ko‘ra, Bahrayndagi Amerika ob’ektlari va bazalarida 8 tadan ortiq kuchli portlashlar yuz bergan.
Nishonlar orasida AQSh Harbiy-dengiz kuchlari Beshinchi flotining bazasi va «Al-Dila» bazasi, shuningdek, Amerika kuchlari va texnikalari joylashtirilgan Sar va As-Saxir tumanlaridagi ob’ektlar bor.
Shuningdek, Iroq Kurdistoni poytaxti Erbil shahrida ham bir necha kuchli portlashlar sodir bo‘lgan.
Isroil shimoli aholisi uchun Erondan bo‘layotgan hujum haqida oldindan ogohlantirish berildi. Erondan Isroil yo‘nalishida raketalar uchirilgani qayd etilmoqda.