Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ukraina Isroildan Zelenskiyning sherigi Timur Mindichni topshirishni so‘radi

Ukraina Isroildan Zelenskiyning sherigi Timur Mindichni topshirishni so‘radi

Ukraina Bosh prokuraturasi "Energoatom"dagi talon-torojlik ishi bo‘yicha asosiy gumonlanuvchi Timur Mindich va uning biznes sherigi Aleksandr Sukermanni ekstradisiya qilishni talab qilmoqda. Mindich "Energoatom"dagi tizimlarning asosiy ishtirokchisi hisoblanadi.

Tergovga ko‘ra, davlat kompaniyasi bilan ishlaydigan pudratchilar yetkazib beruvchi maqomini olish uchun shartnoma summasining 10–15 foizini to‘lashga majburlangan.

Ma’lumot uchun, Timur Mindich prezident Volodimir Zelenskiyning ko‘p yillik do‘sti va "Kvartal 95" studiyasi bo‘yicha sherigidir. U 2025 yil noyabr oyida, korrupsiyaga qarshi keng ko‘lamli tintuvlar boshlanishidan bir necha soat oldin Ukrainani tark etgan. Hozirda Mindich Isroil fuqaroligiga ega.

Kiritildi: Bugun 09:17. O'qildi: 732 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!