Agar Janubiy Koreya Ukrainaga qurol yetkazib berish dasturlarida ishtirok etishda davom etsa, Moskva va Seul o‘rtasidagi munosabatlarga jiddiy zarar yetkazilishi mumkin. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko ma’lum qildi.
"Biz Janubiy Koreya tomoniga turli kanallar orqali Rossiyaning Koreya Respublikasining Kiyev rejimiga halokatli qurollarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita yetkazib berishda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi prinsipial pozisiyasini yetkazmoqdamiz... Aks holda, Rossiya va Janubiy Koreya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarga jiddiy zarar yetkazilishi mumkin", dedi u.
Janubiy Koreya rahbarlari PURL (Prioritised Ukraine Requirements List) dasturiga qo‘shilishni ko‘rib chiqmoqdalar.
Rudenko agar Janubiy Koreya PURL (Prioritised Ukraine Requirements List) dasturiga qo‘shilsa, Rossiya javob choralarini ko‘rishga majbur bo‘lishi haqida ogohlantirdi. Shu bilan birga, Moskva Seul bilan munosabatlarida Koreya Respublikasining Ukraina va NATO mamlakatlari bilan hamkorlik qilishga tayyorligini hisobga oladi.