Yangi yil oqshomida Ukraina Qurolli Kuchlari Xerson viloyati Xorli shahridagi kafe va mehmonxonaga 3ta dron bilan hujum qilgan edi. Dronlarning har biri 25 kg trotilga teng portlovchi modda bo‘lgan.
Zarba oqibatida 29 kishi qurbon bo‘lgan, kamida 60 kishi jarohatlangan. Yetkazilgan zarar 60 million rubldan oshgan edi.
“Ushbu teraktni sodir etishda Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov, Uchuvchisiz tizimlar kuchlari boshlig‘i Robert Brovdi va bo‘linma boshlig‘i Andriy Dzyaniyga sirtdan ayblov e’lon qildi”, - dedi Rossiya Tergov qo‘mitasi boshlig‘i Aleksandr Bastrikin.