Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Kreml Zelenskiyni "qo‘shinlarni olib chiqishga" chaqirdi

Kreml Zelenskiyni "qo‘shinlarni olib chiqishga" chaqirdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy «mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi va qo‘shinlarni Donbassdan olib chiqib ketishi kerak». Bu haqda Rossiya Federasiyasi prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bayonot berdi.

«Zelenskiy Ukraina qo‘shinlari Donbass hududini tark etishi va DXR chegaralaridan chiqib ketishi uchun bugunning o‘zida qaror qabul qilishi lozim. Zelenskiy bunday og‘ir qarorni kecha qabul qilishi, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi kerak edi. Bu juda ko‘p odamlarning hayotini saqlab qolishi va ushbu urushning faol bosqichini to‘xtatishi mumkin edi», — dedi Peskov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «Ukrainaga qo‘yilgan shartlar muzokaralar jarayonidagi tanaffusga sabab emas». «Tanaffus amerikalik muzokarachilarning boshqa ishlar — Yaqin Sharqdagi vaziyat bilan bog‘liq masalalar bilan bandligi bilan bog‘liq. Tushunarli sabablarga ko‘ra, ular Ukraina ishlari bo‘yicha uch tomonlama muzokaralar jarayoniga faol jalb qilina olmayaptilar», — deya qo‘shimcha qildi u.

Kiritildi: Bugun 14:45. O'qildi: 1193 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!