Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rossiya nefti uchun yashil chiroq

Rossiya nefti uchun yashil chiroq

AQSh ittifoqchi davlatlar vakillari bilan o‘tkazilgan muzokaralarda jahon bozorida narxlar ko‘tarilayotgan bir paytda Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni yumshatish jarayonini davom ettirish niyatini tasdiqladi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib «Bloomberg» xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Vashington o‘tgan haftada o‘z pozisiyasini ittifoqchilariga yetkazgan. AQSh tomoni ushbu choralar vaqtinchalik ekanini va Eronga qarshi davom etayotgan operasiyalar fonida jahon energiya bozorini barqarorlashtirishga qaratilganini ta’kidlamoqda.

Bundan oldin AQSh Moliya vazirligi 12 martga qadar kemalarga yuklangan Rossiya nefti va neft mahsulotlari savdosiga nisbatan sanksiyalarni bekor qilgan edi. Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) tomonidan e’lon qilingan bosh lisenziya bu kabi operasiyalarni 11 aprelga qadar amalga oshirishga ruxsat beradi.

Kiritildi: Bugun 14:46. O'qildi: 955 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!