Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

4 nafar o‘zbekistonlik futbolchi Tojikiston klubini tark etdi

4 nafar o‘zbekistonlik futbolchi Tojikiston klubini tark etdi

Tojikiston Oliy ligasi ishtirokchisi «Istaravshan» klubi 4 nafar o‘zbekistonlik futbolchi bilan xayrlashdi.

Xususan, himoyachi Mirzohid Mirzomahmudov, yarimhimoyachi Sardorbek Saidov va darvozabon Shahzod Shamsuddinov jamoani tark etgan.

Shuningdek, yarimhimoyachi Suhrob Berdiyev ham «Istaravshan» bilan xayrlashishi kutilmoqda. 35 yoshli futbolchi klub safida 10 ta o‘yinda 2 ta gol urdi va 1 assistni qayd etgan.

Bundan tashqari, «Istaravshan» safida o‘zbekistonlik futbolchilar Jahongir Safarov, Abdujalil Manazarov, Bobur Qosimov ham to‘p surmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:52. O'qildi: 443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!