Bugun 27 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

2027 yildan kardiologiya, gepatologiya, oftalmologiya va gematologiya yo‘nalishlarida sun’iy intellekt tizimi ishga tushiriladi

2027 yildan kardiologiya, gepatologiya, oftalmologiya va gematologiya yo‘nalishlarida sun’iy intellekt tizimi ishga tushiriladi

Prezidentimiz kelgusi yildan kardiologiya, gepatologiya, oftalmologiya va gematologiya kabi yo‘nalishlarda o‘nta sun’iy intellekt tizimi ishga tushirilishini ma’lum qildi.

– Bemorni masofadan kuzatish, nutq orqali kasallikni aniqlash va dori-darmon xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha yangi yechimlar joriy etiladi, – dedi davlatimiz rahbari.

Bu yechimlar tibbiyotda sun’iy intellektdan foydalanish ko‘lamini kengaytiradi. Shifokorlar ishida yangi texnologiyalarni qo‘llashga e’tibor kuchaytiriladi.

Har bir viloyatda “Eng yaxshi AT operatori” va “Raqamli tibbiyotning eng yaxshi shifokori” tanlovlari o‘tkaziladi. G‘oliblar 100 million so‘mdan mukofot oladi.

Kiritildi: Bugun 13:04. O'qildi: 256 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!