Shu munosabat bilan barcha rahbarlarga ehtimoliy xatarlarni hisobga olgan holda ichki zaxiralarni safarbar qilishga tayyor turish topshirildi.
Qayd etilishicha, barcha tarmoq va hududlarga «aql markazlari» biriktirilgan bo‘lib, endilikda Iqtisodiy kengash hamda to‘qqiz yo‘nalish bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etiladi. Ular 15 avgustga qadar tarmoq va hududlar kesimida ilmiy asoslangan takliflarni tayyorlaydi.
Prezident 2027 yil uchun makroiqtisodiy parametrlar, byudjet, investisiya va eksport dasturlari mutlaqo yangi yondashuv – «safarbarlik ssenariysi» asosida ishlab chiqilishi kerakligini ta’kidladi.