Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

2026-yildan davlat xizmatchilari bilan mehnat shartnomasi dastlab bir yil muddatga tuziladi

2026-yildan davlat xizmatchilari bilan mehnat shartnomasi dastlab bir yil muddatga tuziladi

Prezident farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab:

▫️davlat xizmatga birinchi marta qabul qilingan davlat xizmatchilari bilan mehnat shartnomasi dastlab bir yil muddatga tuziladi va keyinchalik faoliyatining ijobiy natijasiga ko‘ra mehnat shartnomasi noma’lum muddatga uzaytiriladi;

▫️davlat xizmatga birinchi marta qabul qilingan davlat xizmatchilari majburiy "Davlat xizmatiga kirish" maxsus kurslarini va keyinchalik har uch yilda kamida bir marta malaka oshirish kurslarini o‘taydi hamda mazkur kurslarning yakunlari bo‘yicha ularning nazariy bilim va ko‘nikmalari diagnostikadan o‘tkaziladi;

▫️diagnostikada davlat xizmatchilarining tegishli soha va tarmoq bo‘yicha bilim darajasi, hujjatlarni tuzish va davlat tilida ish yuritish ko‘nikmalari, tahliliy, rahbarlik va kommunikasiyaviy malakasi, kompyuter savodxonligi, qonunchilikdagi yangiliklarni, O‘zbekiston tarixi va xorijiy tillarni o‘zlashtirganligi, umumiy erudisiyasi, psixologik diagnostikasi va intellektuallik koeffisiyenti (IQ) kabi ko‘rsatkichlari baholanadi;

▫️diagnostika va faoliyat samaradorligi (KPI) natijalari Xodimlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishni uzluksiz onlayn monitoring qilish tizimida yig‘iladi va tahlil qilinadi;

▫️Monitoring tizimi tahlili natijalariga ko‘ra, xodimning mavjud bilim va ko‘nikmalarini kasbiy rivojlantirish xaritasi – portfoliosi yaratiladi;

▫️kasbiy rivojlantirish xaritasi asosida davlat xizmatchisi rivojlantirishi lozim bo‘lgan "yumshoq" va "qattiq" ko‘nikmalar bo‘yicha majburiy malaka oshirish, shu jumladan, mustaqil ta’lim olish dasturini o‘taydi;

▫️vazirlik va idoralar tomonidan xodimlarni xorijda o‘qitish, tayyorlash, malakasini oshirish hamda stajirovkasi bilan bog‘liq tadbirlar, shu jumladan, grantlar yoki donorlar mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida davlat xizmatchilarini o‘qitish, tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovka bilan bog‘liq ishlar majburiy tartibda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan kelishilgandan so‘ng amalga oshiriladi.

Kiritildi: 15:45 20.06.2025. O'qildi: 861 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!