Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

2025 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi qabul qilindi

2025 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi qabul qilindi

Joriy yilning 8–22 yanvar kunlari mazkur Davlat dasturi loyihasi keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazildi. Muhokamalar jarayoni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilib, aholi o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi hamda fuqarolarni faol ishtirok etishga rag‘batlantirdi.

Muhokamalarda nafaqat yurtdoshlarimiz, balki xalqaro hamjamiyat va xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlarimiz ham faol qatnashib, o‘z qimmatli taklif va mulohazalarini bildirdi.

Jamoatchilik va ekspertlarning faol ishtiroki natijasida loyiha sezilarli darajada takomillashtirildi va unga muhim o‘zgartishlar kiritildi. Xususan, bildirilgan fikr va takliflar asosida 100 ga yaqin konseptual, mingdan ziyod aniqlik kirituvchi va tahririy takliflar Davlat dasturi loyihasida aks ettirildi.

Kiritildi: 13:51 08.02.2025. O'qildi: 2010 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!