Aholini sifatli va ekologik toza yonilg‘i bilan ta’minlash maqsadida O‘zenergoinspeksiya nazorat-kimyo laboratoriyalari tomonidan neft mahsulotlari sifatini nazorat qilish bo‘yicha joylarda muntazam ravishda nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
Xususan, 2025 yilda neft mahsulotlari bo‘yicha olib borilgan sifat nazorati tadbirlari davomida 799 ta AYOQSh va korxonalardan 2 289 ta namunalar olindi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, 247 ta sub’ektda 8 mln 962 ming litr neft mahsulotlari davlat standart talablariga javob bermasligi, ya’ni sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishi oldi olindi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan mahsulot sifatini tiklash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilib, uning bajarilishi nazoratga olindi.
❗️Unutmang! Texnik reglament talablariga javob bermaydigan va miyoridan ortiq zaharli moddalar chiqishiga olib keladigan yonilg‘i-moylash materiallarini realizasiya qilganlik uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik mavjud.