Bugun 17 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Chempionlar ligasi-2026 finaliga chipta qancha turadi? UYEFA narxlarni e’lon qildi

Chempionlar ligasi-2026 finaliga chipta qancha turadi? UYEFA narxlarni e’lon qildi

2025/2026 yilgi mavsumning eng muhim bahsi — Yevropa Chempionlar ligasi finali Vengriya poytaxti Budapesht shahrida bo‘lib o‘tadi. UYEFA bo‘lajak final uchrashuvi uchun chiptalar narxi va muxlislar uchun ajratilgan kvotalarni e’lon qildi.

Muxlislar uchun imtiyozli narxlar

Rejaga ko‘ra, finalning har bir ishtirokchisi o‘z ishqibozlari uchun 17 200 tadan chipta oladi. Ushbu toifadagi chiptalar narxi nisbatan arzon — 70 yevro (taxminan 960 000 so‘m) etib belgilangan.

Umumiy sotuvdagi chiptalar qiymati

Muxlislar kvotasiga kirmaydigan qolgan chiptalar esa ancha qimmatroq bo‘ladi. Ular uchun uch xil toifadagi narxlar joriy etilgan:

  • 1-toifa: 950 yevro (13 000 000 so‘m);

  • 2-toifa: 650 yevro (8 900 000 so‘m);

  • 3-toifa: 180 yevro (2 470 000 so‘m).

Evropaning eng nufuzli klublar turniri finali 30 may kuni o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Chempionlar ligasi finalida "PSJ" jamoasi "Inter"ni 5:0 hisobida mag‘lub etgan edi. O‘shanda parijliklar o‘z tarixida ilk bor Yevropa chempionlari kubogini qo‘lga kiritishgandi.

Kiritildi: 23:51 16.03.2026. O'qildi: 269 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!