Economic Times nashri yozishiga ko‘ra, dunyodagi eng yirik dengiz flotiga ega bo‘lgan AQSh Eron nazorati ostida bo‘lgan juda tor suv chizig‘idan o‘tishga botina olmayapti.
Buning aniq sababi bor – bu Eronning assimetrik urush orqali AQShni mag‘lub etish bo‘yicha uzoq yillik strategiyasidir.
Tezkor hujum kemalari, dronlar va quruqlikdagi raketalardan foydalangan holda, Eron unchalik keng bo‘lmagan Fors ko‘rfazini AQSh kemalari uchun "qirg‘in zonasi"ga aylantirishi mumkin.