Bu haqda Germaniya Federal statistika idorasi ma’lumotlarida qayd etilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniyadan emigrasiyaning keng ko‘lamli to‘lqini mahalliy aholi qatorida Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlari fuqarolarini ham qamrab olgan. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili Germaniyani rekord darajadagi 288,5 ming nafar nemis, shuningdek, Yevropa Ittifoqining 494 ming nafar fuqarosi va boshqa davlatlarning 461 ming nafar vakili tark etgan.
Germaniyani tark etganlar orasida Ruminiya va Ukraina fuqarolari eng ko‘pchilikni tashkil etgan — mos ravishda 173 ming va 97 ming nafarga yaqin kishi.
Shu bilan birga, ushbu davlatlar fuqarolari Germaniyaga ko‘chib kelganlar soni bo‘yicha ham yetakchilik qilmoqda. 2025 yil yakunlariga ko‘ra, Germaniyaga 187 ming nafarga yaqin ukrainalik va qariyb 170 ming nafar rumin kelgan. Bu mamlakatga kirib kelgan jami shaxslarning (taxminan 1,4 million kishi) qariyb to‘rtdan bir qismini tashkil etadi.