Ogoh bo‘ling! Onlayn kreditlar bilan bog‘liq firibgarlik sxemalari tarqalmoqda!
"Siz O'zbekistondanmisiz? Kanalga obuna bo'lgan har bir kishi 2.550.000 so'm oladi", "Sarmoya kiriting 500 000 so'm" kabi xabarlar tarqatilmoqda. Aldanmaslik uchun shubhali va’dalarga ishonmang! Agar qandaydir shaxs sizdan pasport ma’lumotlaringizni so‘rasa yoki tushunarsiz havolalar yuborsa, ehtiyotkor bo‘ling — bu firibgarlik belgisi. Har qanday ma’lumotni taqdim etishdan oldin barcha ma’lumotni sinchiklab tekshirib chiqing! Mazkur xabarlar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi.
Unutmang! Firibgarlarning maqsadi Sizning pul mablag‘laringizni o‘zlashtirish!