Uchko‘prik tumanida jinoyat oqibatida davlatga yetkazilgan zarar to‘liq qoplandi.
Uchko‘prik tuman Majburiy ijro byurosi bo‘limi ish yurituviga jinoyat natijasida davlat foydasiga yetkazilgan zararni undirish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan.
Ijro hujjatiga asosan, qarzdor E.G. yillar davomida fuqarolarni aldab, ularga qonunga xilof ravishda soxta haydovchilik guvohnomalari tayyorlab bergani aniqlangan. Ushbu shaxs tomonidan 101 nafar fuqaroga soxta haydovchilik guvohnomasi tayyorlab berilgan.
Mazkur jinoiy qilmish natijasida davlatga yetkazilgan zararni undirish maqsadida ijro harakatlari boshlandi.
Uchko‘prik tuman MIB davlat ijrochilari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda zarur ijro harakatlari amalga oshirilib, qarzdorga nisbatan ta’sir choralari ko‘rildi.
Natijada qarzdor E.G.dan davlat foydasiga 546 million so‘m miqdoridagi zarar puli to‘liq undirildi.
Shu tariqa, jinoyat oqibatida davlatga yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplanishi ta’minlandi.
Majburiy ijro byurosi davlat ijrochilarining sa’y-harakatlari natijasida har bir ijro hujjati qonun doirasida ijrosini topishi, davlat va fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklanishi ta’minlanmoqda.