Bugun 19 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

AQSh Xitoy bilan munosabatlarini tiklash uchun yana bir ittifoqchisini "chopdi"

AQSh Xitoy bilan munosabatlarini tiklash uchun yana bir ittifoqchisini "chopdi"

AQSh prezidenti Donald Tramp Tayvanga taxminan 400 million dollarlik harbiy yordam berilmasligini Xitoy bilan savdo bitimi tuzish istagi bilan izohladi.

Bu haqda The Washington Post nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Tramp ma’muriyati umuman Pekin bilan munosabatlarni yumshatishga intilmoqda, deya qayd etadi nashr. Qolaversa, Ukrainaga qurol-yarog‘ savdosi ham ko‘rsatganidek, AQSh bepul yordam berishga tayyor emas.

Oq uy matbuot kotibining aniqlik kiritishicha, Tayvanga harbiy savdoni rad etish haqidagi qaror "yakuniy emas" va qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 12:00. O'qildi: 1210 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!