Bugun 27 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

1 maydan “tonirovka” ruxsatnomasi 412 000 so‘m bo‘ladimi?

1 maydan “tonirovka” ruxsatnomasi 412 000 so‘m bo‘ladimi?

O‘zbekistonda 1 maydan boshlab yoz mavsumi uchun to‘rt oyga “tonirovka”ga ruxsatnoma olish 412 000 so‘m etib belgilanishi haqida savollar ko‘paygach, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati vakili bunga aniqlik kiritdi

Uning bildirishicha, tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan foydalanish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 iyuldagi 547-sonli qarorida belgilab qo‘yilgan. Ya’ni qarorda hozirgi kunda BHMning sakkiz barobari — 3 296 000 so‘m evaziga transport vositasining oyna tusini o‘zgartirish uchun ruxsatnoma berilishi yo‘lga qo‘yilgan.

“Bu tartib o‘zgargani yo‘q. Ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarda yoz oylari uchun 412 000 so‘m ‘tonirovka’ga ruxsatnoma olish belgilandi, degan mazmunda norasmiy, ya’ni yolg‘on xabarlar tarqalmoqda”, deya izoh berdi YHXX vakili.

Qayd etilishicha, “tonirovka”, ya’ni transport vositalarining oyna tusini o‘zgartirish uchun olinadigan ruxsatnoma bo‘yicha agarda qonunchilikka biron bir o‘zgartirish, yangiliklar kiritiladigan bo‘lsa, albatta, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining rasmiy manbalarida bu bo‘yicha batafsil, to‘liq ma’lumotlar beriladi.

Shu sababli barcha fuqarolaridan norasmiy, ya’ni asoslanmagan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatmasliklari so‘raldi.

O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkinligi 2025-yilning avgustida ma’lum qilingandi. Qonun loyihasi bilan yengil avtomobillar toifasiga kiruvchi avtotransport vositalarining orqa va old yon oynalarining qoraytirish uchun har yili 1 maydan 31 avgustgacha beriladigan ruxsatnomalar yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgandi.

Kiritildi: Bugun 15:49. O'qildi: 538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!